Kolumbiyada karantin qoidasini buzganlar o‘ldirilyapti

Olam

image

Kolumbiyada mamlakatda joriy qilingan karantin rejimini buzganlarni o‘ldiruvchi qurolli guruhlar paydo bo‘ldi. Hozirgacha o‘n kishi ularning qurboni bo‘ldi.

Bunday qurolli guruhlar Kolumbiyaning 32 shtatidan 11 tasida paydo bo‘lgan. Guruh a’zolari mahalliy aholini o‘z talablari haqida varaqalar va WhatsApp orqali xabardor qilyapti. Xususan, ular komendantlik soati joriy qilyapti, odamlarning uyidan chiqishiga ruxsat bermayapti, do‘konlarning ish vaqtini qisqartiryapti, hududga chet elliklar va boshqa mintaqalardan kelganlarni kiritmayapti.

Qoidalarni buzganlarga tahdid qilinyapti, ba’zida o‘ldirilyapti. Hozirgacha bog‘da aylanib yurganlar va taqiqlovlarga qarshi bo‘lgan birlashma rahbari o‘ldirildi.

Kolumbiyadagi jamoat tashkilotlari vahima ko‘tarib, hukumatni chekka hududlardagi vaziyatga ta’sir o‘tkaza olmaslikda ayblayapti.

Ma’lumot uchun, Kolumbiya dunyoda koronavirus tarqalishi bo‘yicha 19-o‘rinda bo‘lib turibdi. Mamlakatda 165 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Ularning 5 814 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Kolumbiyada

Baholaganlar

621

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar