Kolumbiyada 40 kun oldingi samolyot halokatidan tirik qolgan bolalar topildi

Olam

image

Bir oydan ko‘proq vaqt oldin Kolumbiyadagi Amazon o‘rmonida samolyot halokatidan omon qolgan to‘rt nafar bola tirik topildi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro 13, 9, 4 va 1 yoshli aka-ukalarning qutqarilishi butun mamlakat uchun quvonch ekanini aytgan.

“Ular tarixda qoladi. Bu bolalar bugun tinchlik va Kolumbiya farzandlaridir”, deya ta’kidlagan davlat rahbari.

Yo‘qolgan bolalar o‘nlab askarlar va mahalliy aholi ishtirokidagi ulkan qutqaruv operatsiyasi natijasida topilgan.

Keltirilishicha, bolalar suvsab, ularning badanini hasharotlar chaqib tashlagan, ammo ularning hayotiga hech narsa tahdid solmagan. Bolalarning barchasi mahalliy hindu qabilalaridan biriga mansub va yovvoyi tabiat bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun tirik qolgan.

Topilgan bolalar mamlakat poytaxti Bogotaga olib ketilgan, tez yordam mashinalari ularni keyingi tibbiy yordam uchun shifoxonaga yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, bir oydan ko‘proq vaqt oldin, ya’ni may oyi boshida bortida sakkiz kishi bo‘lgan yengil motorli samolyot Kolumbiyada halokatga uchragan. Bir necha kundan keyin harbiylar halokat joyini aniqlagan. Samolyot vayronalari orasidan kattalarning jasadlari topilgan, biroq bolalarning izlari yo‘q bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Kolumbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing