Kolumbiyada hukumat yig‘ilishidagi mojarodan so‘ng Prezident barcha vazirlarning iste’fosini talab qildi
Olam
−
10 fevral 3515 2 daqiqa
Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro Vazirlar Mahkamasi majlisining translyatsiyasi chog‘ida yuzaga kelgan mojarodan so‘ng hukumatning barcha a’zolarini iste’foga chiqishga chaqirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Prezident bu nafaqat vazirlar, balki yuqori martabali amaldorlarga ham tegishli ekanini bildirdi.
“Men vazirlar va ma’muriy idoralar rahbarlarining rasman iste’foga chiqishini talab qildim. Xalq tomonidan belgilab berilgan dasturga ko‘proq rioya qilish uchun hukumatda o‘zgarishlar bo‘ladi. Men to‘liq e’tiborimni ushbu dasturni amalga oshirishga qarataman”, deb ta’kidladi u.
Ushbu e’londan oldin Madaniyat vaziri Xuan Devid Korrea va Atrof-muhit vaziri Susana Muhamad o‘z lavozimlaridan iste’foga chiqdi.
Qayd etish joiz, 5 fevral kuni hukumatning televideniyedagi yig‘ilishida yangi Tashqi ishlar vaziri Laura Sarabia, vitse-prezidenti Franciya Markes, sobiq elchi Armando Benedetti va Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Susana Muhamad o‘rtasida qizg‘in tortishuv boshlandi.
Vitse-prezident Markes Sarabiyani nomaqbul xatti-harakatlarda aybladi.
“Men uning hukumatdagi xatti-harakatlarini yoqtirmayman. “Menga hurmat ko‘rsating, men vitse-prezidentman”, deyishim kerak edi. Qaroringizni qo‘llab-quvvatlamasam ham (Gustavo Petroni nazarda tutgan holda), sizning Prezident ekanligingizni hurmat qilaman”, dedi u.
Sarabiya uchrashuvdan keyin muammoni tan oldi.
“Har bir vazirning o‘z mas’uliyati bor va hukumat Kolumbiya xalqi uchun yechim topishi kerak. Bugun biz buni uddalay olmadik va muhokamamiz samarasiz bo‘ldi. Hammamiz bu haqda o‘ylashimiz kerak”, dedi u.
Mojarodan keyin Petro vazirlarni keskin tanqid qildi va kadrlar o‘zgarishini e’lon qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr