Kolomboda Rossiyaning samolyoti hibsga olindi
Olam
−
03 iyun 2022
9673Kolombo Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 samolyoti Shri-Lankadan chiqib ketishini taqiqladi va havo kemasini hibsga oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Kecha, 2 iyun kuni Aeroflot SU-289 reysining Kolombodan Moskvaga parvozi Shri-Lanka aviatsiya ma’muriyati ruxsati yo‘qligi sababli avvaliga kechiktirildi, keyinchalik esa bekor qilindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, samolyotni hibsga olishni bekor qilish bo‘yicha sud majlisi joriy yilning 8 iyuniga belgilangan. Bekor qilingan reys yo‘lovchilari mehmonxonaga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni Buyuk Britaniya Rossiyaning “Aeroflot”, “Rossiya” va “Ural aviaqatnovi” aviakompaniyalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023