“Koinot go‘zali – 2021” go‘zallik tanlovi g‘olibi aniqlandi

Olam

image

Kecha, 12 dekabr kuni “Koinot go‘zali – 2021” xalqaro go‘zallik tanlovining g‘olibi aniqlandi. U hindistonlik 21 yoshli Harnaaz Sandxu bo‘ldi. Bu haqda “TV line” xabar bermoqda.

Bu yil mazkur go‘zallik tanlovi ilk bor Isroilda bo‘lib o‘tdi. Unda 80 mamlakatdan 80 nafar qiz ishtirok etdi. Final jahonning 170 dan ortiq davlatida jonli efirda namoyish etildi.

Qayd etilishicha, pandemiya munosabati bilan tanlov ishtirokchilari niqob kiyishga va dezinfeksiya vositalaridan foydalanishga majbur qilingan. 

Final bosqichida dastlab bir qator shavqatsiz qisqartirishlar qilindi va eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi saralab olindi. Ular Tessali Zimmerman (Aruba), Valeriya Ayos (Kolumbiya), Klemens Botino (Fransiya), Harnaaz Sandxu (Hindiston), Nadiya Ferreyra (Paragvay), Beatris Gomes (Filippin), Mishel Kolon (Puyerto-Riko), Lalela Msvan (Janubiy Afrika), Chantel O’Brayn (Bagama orollari) va Elle Smit (AQSH). 

Keyin ishtirokchilar safi yana 5 taga qisqardi va 5 nafar qiz koinot go‘zali bo‘lish uchun kurashdi: Ayos (Kolumbiya), Sandxu (Hindiston), Ferreyra (Paragvay), Gomes (Filippin) va Msvan (Janubiy Afrika). Ammo bitta shartdan so‘ng Ayos va Gomes ham ishtirokchilar safini tark etdi.

So‘nggi bosqichda uch nafar ishtirokchiga ham bir xil savol berildi. Bugungi kunda yosh ayollar duch kelayotgan bosimlarga qanday munosabatdasiz? Mazkur savolga “yosh qizlarning o‘ziga ishonchi va individuallikning yetishmasligi sabab bunday bosimlarga duch kelayotganini” aytgan Harnaaz Sandxuning javobi ko‘pchilikka ma’qul keldi.

Shunday qilib, “Koinot go‘zali – 2021” xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibi deya 21 yoshli Harnaaz Sandxu topildi, ikkinchi o‘rin paragvaylik Nadiya Fereyraga nasib qildi. Kuchli uchlikni Janubiy Afrikadan kelgan Lalela Msvan yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4814

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing