Klublar o‘rtasidagi JCHning qur’a sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni Amerikaning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, chempionat 2025 yilning yozida Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadi, turnir tarixda birinchi marta klassik formatda o‘tkaziladi. Butun dunyodan 32 ta jamoa 8 guruhga bo‘lingan holda kuch sinashadi.

Ayni paytda turnirda 31 nafar ishtirokchi aniq bo‘lib ulgurgan. Yozda AQSHga keladigan 32-jamoaning nomi Braziliyaning “Atletiko Mineyro” va “Botafogo” jamoalari o‘rtasidagi 2024 yilgi Libertadores kubogi finali natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ladi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida “Chelsi”, “Real Madrid”, “Manchester Siti”, “Bavariya”, “Pari Sen-Jermen”, “Borussiya Dortmund”, “Inter”, “Portu”, “Atletiko Madrid”, “Benfika”, “Yuventus”, “RB Zalsburg”, “Al-Ahli”, “Vidad”, “Esperans”, “Mamelodi Sandaunz”, “Palmeyras”, “Flamengo”, “Fluminense”, “River Pleyt”, “Boka Xuniors”, “Al-Hilol”, “Urava Red Daymonds”, “Al-Ayn”, “Ulsan Xonde”, “Monterey”, “Sietl Saunders”, “Leon”, “Pachuka”, “Oklend Siti” va “Inter Mayami” kabi klublar ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Jahon chempionati Amerika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing