Klopp terma jamoa taklifini rad etdi
Sport
−
12 iyul
2999Germaniyalik murabbiy Yurgen Klopp futbol bo‘yicha AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash taklifini rad etdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mutaxassis AQSH futbol federatsiyasi vakillariga Angliya “Liverpul”ini tark etganidan so‘ng murabbiylik faoliyatida tanaffus olish niyatida ekanini aytgan. Shu bilan birga tashkilot Klopp xizmatlariga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda va germaniyalik murabbiyning ijobiy javobiga umidini yo‘qotmaydi.
Klopp 57 yoshda, u 2015 yildan 2024 yilgacha “Liverpul”ni boshqargan, uning qo‘l ostida jamoa 2019 yilda Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, 2020 yilda esa 30 yil ichida birinchi marta Angliya chempioni bo‘lgan. Bundan tashqari, “Liverpul” Klopp qo‘l ostida 2022 yilda jamoa Angliya kubogi, Liga kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa 2019 yilda UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi. 2019 va 2020 yillarda Klopp Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan eng yaxshi murabbiy deb topildi.
2001 yildan 2008 yilgacha Klopp Germaniyaning “Mayns” klubini boshqargan, u nemis klub bilan 2003/04 yilgi mavsumda Germaniya chempionatining ikkinchi kuchli divizionida uchinchi o‘rinni egallab, klubni tarixda birinchi marta nemis futboli elitasiga olib chiqqan. 2008 yildan 2015 yilgacha Klopp Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi bo‘lib, dortmundliklar bilan ikki marta Germaniya chempionati (2011, 2012) va bir marta mamlakat kubogiga (2012) ega chiqqan, Klopp 2013 yilda “Borussiya”ni Yevropa Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan.
LiveBarchasi