Klopp “Real”ni boshqarish haqida jiddiy o‘ylamoqda – manba 

Sport

image

“Liverpul”jamoasining sobiq ustozi Yurgen Klopp “Real Madrid”ni boshqarish haqida jiddiy o‘ylamoqda. Agar unga taklif bo‘lsa, mutaxassis murabbiylik faoliyatiga qaytish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg xabar berdi.  

“Real Madrid” Alvaro Arbeloani bosh murabbiylik lavozimiga tayinlaganidan atigi bir necha kun o‘tiboq yozgi rejalar ustida ishlashni boshlagan.

Manbalarga ko‘ra, agar “Real Madrid” rahbariyati Kloppga jiddiy taklif bilan chiqsa, germaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatiga qaytish masalasini jiddiy ko‘rib chiqadi. Klopp hozirgi ishidan mamnun bo‘lsa-da, “Real Madrid” uni har doim o‘ziga jalb qilib kelgan. Agar barcha shartlar Klopp kutganidek bo‘lsa, u murabbiylik faoliyatini davom ettirishda ikkita asosiy variantni ko‘rmoqda: “Real Madrid” yoki kelajakda Germaniya terma jamoasini boshqarish.

Ma’lumot uchun, 19 turdan so‘ng Madrid klubi La Liga turnir jadvalida “Barselona”dan 4 ochko kam to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” Alvaro Arbeloa qo‘l ostidagi ilk uchrashuvida Segundaning 17-o‘rinida borayotgan jamoaga mag‘lub bo‘lib, Ispaniya Qirollik kubogini 1/16 bosqichida tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Real Madrid Yurgen Klopp murabbiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing