Klopp rasman Germaniya terma jamoasi murabbiyi sifatida tanishtirildi
Sport
−
24 iyul 1320 1 daqiqa
Yurgen Klopp Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Germaniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bernd Noyendorf matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Avvalroq, Germaniya terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finaliga olib chiqqan, ammo Paragvayga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan bosh murabbiy Yulian Nagelsmann iste’foga chiqqan edi.
Jurnalist Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Klopp bilan tuzilgan shartnoma 2030 yil iyuliga qadar amal qiladi.
59 yoshli mutaxassis so‘nggi marta “Liverpul”ni boshqargan. U 2015–2024 yillar davomida jamoa bilan Chempionlar ligasi (2019), Angliya Premer-ligasi (2020), Angliya Kubogi (2022), Angliya Liga kubogi (2022 va 2024), Angliya Superkubogi (2022), UEFA Superkubogi (2019) hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (2019) bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
Klopp 2019 va 2020 yillarda FIFA tomonidan “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb e’tirof etilgan. “Liverpul”ni tark etgach, u Red Bull futbol loyihalari bo‘yicha global rahbar sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola Italiya milliy terma jamoasini boshqarish taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi