Klinton: “AQSHning O‘QRBSHdan chiqishi Putin uchun ”sovg‘a"
Olam
−
07 fevral 2019
3987AQSHning sobiq Davlat kotibi Xillari Klinton prezident Donald Trampning O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma (O‘QRBSH)dan chiqish qarorini tanqid qildi. bu haqda payshanba kuni "The Hill" nashri xabar berdi.
"Dunyoga hozir qurollanish poygasi umuman kerakmas", degan Klinton Jorjtaun universitetidagi nutqida.
sobiq Davlat kotibining fikricha, Tramp ma’muriyatining bunday keskin harakati Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun sovg‘a bo‘ladi, negaki rasmiy Moskvaga ham rasmiy Vashington ortidan shartnomadagi ishtirokini to‘xtatishini e’lon qilish imkoniyati yaratilgan.
Klintonning ta’kidlashicha, u O‘QRBSH bo‘yicha nisbatan diplomatk yo‘l tutgan bo‘lardi. Chunki bunday shartnomaning yo‘qligi mintaqadagi vaziyatni og‘irlashtiradi.
"Biz zudlik bilan muzokara o‘tkazishni talab qilgan bo‘lardik va qo‘limizdagi dalillarni stolga qo‘yib, Rossiyani shartnoma shartlarini bajarishga majbur qilardik", degan Xillari Klinton.
Eslatib o‘tamiz, Xillari Klinton 2016 yildagi saylovda Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligi uchun nomzod bo‘lgandi. Yakunda esa Respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi