Kleverli Pekinda uyg‘urlar masalasini ko‘tardi
Olam
−
31 avgust 2023
8763Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Pekinga safari chog‘ida Xitoy Raisi o‘rinbosari Xan Chjen va Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Britaniya TIV xabar berdi.
Kleverli Buyuk Britaniyaning asosiy geosiyosiy masalalar, jumladan, Ukrainadagi urush, Shimoliy Koreyadagi vaziyat va yadroviy qurollarni tarqatmaslik borasidagi pozitsiyasini bayon qilgan.
Shuningdek, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Xitoyning “zararli kiberfaoliyati” bo‘yicha London pozitsiyasini ham bildirdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Kleverli Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash xalqaro hamjamiyat uchun muhimligini ta’kidlab, parlamentdagi hamkasblariga nisbatan sanksiyalarni zudlik bilan bekor qilishga chaqirgan. Bundan tashqari, vazir Buyuk Britaniya Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida etnik uyg‘urlarning ommaviy hibsga olinishidan chuqur xavotirda ekanini ta’kidlagan.