Klaster rahbari Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Dilmurod Xolyigitovich Abdurahmonov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlov viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Dilmurod Abdurahmonov 1983 yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent moliya institutini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2011 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. “Shuhrat” medali sohibi.

Tayinlovga qadar Sayxunobod tumanidagi “Politeks Sirdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi to‘qimachilik klasteri rahbari bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

258

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing