KXSHTga yangi davlatlar a’zo bo‘ladi – Belarus Mudofaa vaziri

Olam

image

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) rivojlanadi va unga yangi davlatlar kiradi. Bu haqda Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin Belarus harbiy gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“O‘ylaymanki, tashkilot kengayadi. Tez orada dunyo tartibi qanday o‘zgarishini ko‘ramiz, lekin KXSHT o‘zining jangovar tayyorgarligini, tinchliksevarligini ko‘rsatdi va menimcha, bir necha yildan keyin u oltita davlat bo‘lmaydi. Bu tajovuzkorlik va boshqa davlatlarning siyosiy tizimini o‘zgartirishni emas, balki tinchlik va barqarorlikni qadrlaydigan o‘nlab davlatlar bo‘ladi”, deydi Mudofaa vazirligi rahbari.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT mamlakatlari uchun tahdid va chaqiriqlar doimo o‘zgarib turadi. 

“Albatta, men rangli inqiloblar, terrorizm va giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi va biologik tahdidlar qayergadir yo‘qoladi, deb o‘ylamayman. Ushbu chaqiriqlar fonida tashkilot rivojlanadi, yangi tahdidlarga qarshi turishi kerak bo‘lgan tegishli tuzilmalar va vositalarni belgilaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Viktor Xrenin.

KXSHT qanday tashkilot?

KXSHTning vazifasi qo‘shin va yordamchi bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng ko‘lamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing