KXSHT sammitida Putin va Lukashenko yolg‘izlanib qoldi – OAV

Olam

image
Putin: “Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi Moskva uchun xavf tug‘dirmaydi, ammo...” north_east

Putin: “Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi Moskva uchun xavf tug‘dirmaydi, ammo...”

Bugun, 16 may kuni bo‘lib o‘tgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining yubiley sammitida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko va Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan tashqari boshqa ishtirokchi davlatlar yetakchilari Ukrainani tilga olmagan. Bu haqda UNIAN “The New York Times”ga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari ishtirok etayotgan sammitda Putin Ukrainadagi urush haqida gapirgan, ammo faqat Belarus uni qo‘llab-quvvatlagan.

Sammitda so‘zga chiqqan Lukashenko KXSHTning boshqa a’zolarini G‘arb sanksiyalari oldida Rossiya va Belarusni qo‘llab-quvvatlamaganlikda ayblagan. Uning eslatishicha, yanvar oyida KXSHT Qozog‘istonda norozilik namoyishlari fonida mamlakat hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shin yuborgan, biroq Ukrainadagi urush paytida ular Rossiyani yolg‘iz qoldirgan.

“Hozir bizni hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash rishtalari bog‘lab turadimi? Balki men nohaqdirman, lekin so‘nggi voqealar javob yo‘qligini ko‘rsatdi”, degan u Qozog‘iston hukumatining yaqinda Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berishdan bosh tortganiga ishora qilib.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi davlatlari birligini o‘rnak qilib ko‘rsatgan.

“Qarang, Yevropa Ittifoqi qanday monolit ovoz beradi va harakat qiladi. Agar biz bo‘linib ketsak, biz shunchaki maydalanib, parchalanib ketamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Lukashenko.

KXSHTning qolgan to‘rt a’zosi – Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston yetakchilari televideniyedagi chiqishlarida hatto Ukrainani tilga olmagan.

Nashrning qayd etishicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi KXSHTga a’zo mamlakatlarni qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Hammasi Rossiya bilan yaqin iqtisodiy va harbiy aloqalarga ega, biroq Putinning suveren Ukrainaga bostirib kirishi tashqi siyosatini Moskvadan tashqarida diversifikatsiya qilishga intilayotgan davlatlar uchun namuna bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 16 may kuni Moskvada Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonni o‘z ichiga olgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining 2019 yildan beri birinchi yuzma-yuz sammiti bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1515

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing