KXSHT Prezidentlari Pashinyanni Aliyev bilan murosa qilishga chaqirdi

Olam

image

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)ning Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK) Baku va Yerevan o‘rtasidagi ziddiyatlarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori bo‘ldi. Bu haqda tashkilot Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yakunlari bo‘yicha KXSHT saytida bugun, 28 oktyabr kuni chop etilgan xabarda aytiladi. 

“Kollektiv Xavfsizlik Kengashi a’zolari tashkilotning tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, KXSHTga a’zo davlatlarning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini birgalikda himoya qilish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqlagan holda, mintaqadagi mavjud vaziyat va Armaniston Respublikasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muhokama qildilar”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, mavjud qarama-qarshiliklar va bahsli masalalar siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan, jumladan, Armaniston Bosh vaziri, Rossiya Prezidenti va Ozarbayjon Prezidenti tomonidan 2020 yil 9 noyabr, 2021 yil 11 yanvar va 2021 yil 26 noyabrda qabul qilingan uch tomonlama bayonotlarda belgilangan kelishuvlarga muvofiq hal etilishi lozimligi qat’iy ishonch bildirilgan.

Shu bilan birga, KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas Armaniston-Ozarbayjon chegarasida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Armanistonga yuborilgan KXSHT missiyasi ishi haqida hisobot berdi.  

“Sessiya davomida KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zasning vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan 2022 yil 15 sentyabrda KSHCHT KXK qarori bilan Armaniston Respublikasiga yuborilgan tashkilot missiyasining ishi to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Armaniston-Ozarbayjon chegarasida 2022 yil 13 sentyabrga o‘tar kechasi og‘ir qurollar va uchuvchisiz uchoqlar qo‘llanilgan harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib, ko‘plab qurbonlar berilgan”, deyiladi tashkilot xabarida. 

Sessiya yakunlari bo‘yicha KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi a’zolari tegishli qarorlar loyihasini yakunlash bo‘yicha bir qator takliflar bergan. 

Sessiya bugun, 28 oktyabr kuni videokonferensiya orqali bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing