KXSHT Markaziy Osiyoda mashg‘ulot o‘tkazadi

Olam

image

Joriy yilda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT)ning mashg‘ulotlari Markaziy Osiyodagi Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston hududlarida bo‘lib o‘tadi. Sentyabr-oktyabr oylarida oltita tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda KXSHT Birlashgan shtabi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Serdyukov ma’lum qildi.

“Joriy yilda asosiy qo‘shma o‘quv tadbirlari qatorida sentyabr-oktyabr oylarida Markaziy Osiyo mintaqasida jamoaviy xavfsizlik bo‘yicha: Qirg‘iziston Respublikasi hududida KXSHT jamoaviy tezkor qo‘shinlari bilan “O‘zaro hamkorlik-2024” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari, "Poisk-2024" razvedka kuchlari va vositalari bilan maxsus mashqlar, KXSHT qo‘shinlarini moddiy-texnik ta’minlash kuchlari va vositalari ishtirokida “Eshelon-2024” maxsus mashqlarini o‘tkazish rejalashtirilgan”, deydi Serdyukov brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonda Markaziy Osiyo mintaqasini tezkor joylashtirish bo‘yicha kollektiv kuchlar qo‘mondonligi bilan tezkor uchrashuv va “Rubej-2024” qo‘shma mashg‘ulotlari rejalashtirilgan.

“Qozog‘iston Respublikasi hududida KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirokida “Buzilmas birodarlik-2024” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari rejalashtirilgan”, deya qo‘shimcha qildi general.

Serdyukov brifingida taqdim etilgan taqdimotda aytilishicha, mashg‘ulotlarning faol bosqichlarida KXSHTga a’zo bo‘lmagan boshqa davlatlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq KXSHT Birlashgan shtab boshlig‘i Anatoliy Sidorov Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikka asosiy tahdid Afg‘onistonda mustahkam o‘rnashib olgan ko‘plab ekstremistik guruhlar, xususan, ISHID va “Al-Qoida”  tomonidan kelib chiqishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made