KXSHT Markaziy Osiyoda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Olam
−
20 avgust
3498Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti yaqin kunlarda Markaziy Osiyo davlatlarida mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida bir qator mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining KXSHTdagi doimiy va muxtor vakili Mikael Agasandyanga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Kelgusi haftalarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda KXSHT kuchlarining turli tarkibiy qismlari ishtirokida Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni, jamoat xavfsizligini himoya qilish va Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha qo‘shma harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, dedi u.
Ma’lumot uchun, KXSHT oltita davlat – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Novosibirsk viloyatida 12-16 avgust kunlari KXSHTning tezkor harakat kollektiv kuchlari maxsus kuchlari “Kobalt-2024” mashg‘ulotlarini o‘tkazgandi.
LiveBarchasi