KXSHT Markaziy Osiyo davlatlarida mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Olam
−
11 fevral 2022
6891Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti 2022 yilda Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududida bir nechta harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda KXSHT Birlashgan shtabi rahbari Anatoliy Sidorov ma’lum qildi.
“Qozog‘iston Respublikasi hududida biz qo‘shinlarning turli tarkibiy qismlarini tayyorlashni birlashtirgan qo‘shma va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Tojikiston hududida Markaziy Osiyo mintaqasining “Chegara” tezkor qo‘shinlari bilan birgalikda xalqaro terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni ishlab chiqishga oid qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Yakuniy bosqichda Qirg‘iziston Respublikasi hududida “Buzilmas birodarlik” tinchlikparvar kuchlari bilan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan”, degan Sidorov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 30 foizdan ko‘proqqa oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasidagi tartibsizliklar munosabati bilan Prezident Qosim-Jomart To‘qayev KXSHT bo‘yicha hamkorlarga kelishuvda ishtirok etuvchi davlatlar tinchlikparvar kontingentini taqdim etish so‘rovi bilan murojaat qilgandi. Shu kuni KXSHTning kollektiv tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natildi va o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Ularning tarkibiga Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston Qurolli Quchlari bo‘linmalari kirdi.
LiveBarchasi