KXSHT kuchlarining asosiy vazifasi aytildi
Olam
−
07 yanvar 2022
10049KXSHT tinchlikparvar kuchlarining asosiy vazifasi Qozog‘istonga tashqaridan bandit tuzilmalari kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashi raisi, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun, 7 yanvar kuni telefon orqali o‘tkazilgan suhbat chog‘ida shunday qarorga keldi.
“Qozog‘istondagi KXSHT tinchlikparvar kuchlari faoliyati mavzusiga kelsak, davlat rahbarlari o‘zaro suhbat chog‘ida Qozog‘istonga chetdan bandit tuzilmalarining kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik ularning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladilar”, deyiladi muzokaralar tafsilotlarida.
Ta’kidlanishicha, bu “Qozog‘iston xalqining o‘zi, shu mamlakat xalqi o‘z ichki muammolarini mustaqil hal qilishi” uchun zarur.
Lukashenko avvaliga Pashinyan, keyin esa Putin bilan telefon orqali xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, ikki tomonlama munosabatlar va Qozog‘istondagi voqealarni muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, KXSHT orqali Qozog‘istonga Rossiyadan 3 ming, Belarusdan 500, Tojikistondan 200, Qirg‘izistondan 150, Armanistondan 100 – jami 500 nafar askar kiritilmoqda.
LiveBarchasi