KXSHT kuchlari Qozog‘istonda nima qilayotgani haqida ma’lumot berildi

Olam

image

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti tinchlikparvar qo‘shinlari qo‘mondonligi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tinchlikparvar kuchlar tomonidan qo‘riqlanadigan ob’ektlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda jurnalistlarga KXSHT Kollektiv tinchlikparvar kuchlari qo‘mondoni, general-polkovnik Andrey Serdyukov ma’lum qildi. 

“Hozirda KXSHT kollektiv tinchlikparvar kuchlari qo‘mondonligi Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tinchlikparvar kuchlar tomonidan qo‘riqlanadigan ob’ektlarni mamlakat huquq-tartibot idoralari tasarrufiga o‘tkazish rejasini ishlab chiqmoqda”, deydi Serdyukov. 

Uning ta’kidlashicha, KXSHT tinchlikparvar qo‘shinlari topshiriqlarni bajarib bo‘lgach, Qozog‘iston tomoni bilan hamkorlikda tinchlikparvar bo‘linmalarni Rossiya Aerokosmik kuchlarining harbiy-transport samolyotlari bilan doimiy joylashtirish punktlariga texnika bilan qaytarishni tashkil qiladi. 

Serdyukov, shuningdek, KXSHT tinchlikparvar kuchlari bir kunda Qozog‘istondagi beshta ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektni himoyaga olganini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT tinchlikparvar kuchlarining tezkor kiritilishi va muhim ob’ektlarni qo‘riqlash bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi Qozog‘iston huquq-tartibot idoralariga mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish imkonini bergan. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 11 yanvar kuni parlamentda yo‘llagan videomurojaatida Kollevtik xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlarning harbiy kuchlari ikki kun ichida mamlakatdan chiqib ketishini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing