KXSHTga yangi Bosh kotib tayinlandi

Olam

image

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) Kollektiv xavfsizlik kengashining Yerevanda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi ishtirokchilari Imangali Tasmagambetovni tashkilot Bosh kotibi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. U 2023 yil 1 yanvardan ishga kirishadi. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Rejalashtirilgan rotatsiya doirasida davlat rahbarlari Qozog‘iston vakili Imangali Tasmagambetovni 2023 yil 1 yanvardan boshlab uch yil muddatga KXSHT Bosh kotibi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildilar”, deyiladi xabarda.

2019 yilning 18 dekabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Imangali Tasmagambetovni pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan 2017 yil fevralidan beri ishlab kelayotgan respublikaning Rossiyadagi elchisi lavozimidan ozod qilgandi. 65 yoshli Tasmagambetov turli yillarda Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari, Mudofaa vaziri, Ostona va Olma-ota ma’muriyatlari rahbari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing