KXSHT hududiga terroristik tashkilotlar jangarilarining kirib kelish xavfi yuqori – Putin

Olam

image

Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda, jangarilarning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) davlatlari hududlariga kirib borishi ehtimoli yuqori. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 23 noyabr kuni tashkilot sammitida aytib o‘tdi.

“Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirgan hamkasblarimning tashvishlariga sherikman. Bu, shubhasiz, murakkabligicha qolmoqda. KXSHT davlatlari hududiga turli xalqaro terroristik tashkilotlar jangarilarining kirib kelish xavfi hamon yuqori, Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi o‘rtasida ekstremistik mafkuraning tarqalishi mintaqada radikal yashirin harakatlarning faollashishi xavfini oshirmoqda”, deydi Putin.

Uning aniqlik kiritishicha, bu mohiyatan birlashmaning barcha a’zolariga taalluqli.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Afg‘oniston muammosining barcha muhim jihatlari bo‘yicha KXSHT doirasida yanada yaqin muvofiqlashtirish talab etiladi, deb hisoblaydi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, terrorizm, ekstremizm va narko jinoyatchilik tahdidlarini o‘z vaqtida aniqlash bo‘yicha vakolatli xizmatlar yo‘nalishida yaqindan ishlashni davom ettirish zarur.

“Va, albatta, o‘z samaradorligini isbotlagan qo‘shma maxsus operatsiyalar va tezkor chora-tadbirlar yordamida bu tahdidlarni zararsizlantirish [zarur]”, deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Moskva Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va boshqa ko‘p tomonlama mexanizmlar doirasida o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidladi.

“O‘tgan haftada, shu haqida sizlarga ma’lumot bermoqchiman, Rossiya poytaxtida Moskva formatidagi maslahatlashuvlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi: Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston. Va Markaziy Osiyoning beshta davlati”, deydi u.

Bundan tashqari, Putinning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi bosqichdagi ustuvor vazifa “barcha etnik guruhlar vakillarini kerakli darajada o‘z ichiga olgan chinakam inklyuziv afg‘on hukumati shakllanishini ta’minlashdir”.


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing