KXDRda Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilganlar qattiq jazolanmoqda

Olam

image

Xalqaro Amnistiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Shimoliy Koreyada Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilgan fuqarolar qattiq jazolarga duch kelmoqda. Bu haqda “Amnesty International” xabar berdi.

Mamlakatdan qochib ketgan shimoliy koreyaliklarning aytishicha, bunday holatlar omma oldida xo‘rlash, uzoq yillik majburiy mehnat yoki hatto qatl bilan yakunlanishi mumkin.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy ommaviy axborot vositalarini kuzatish rasman taqiqlangan bo‘lsada, Janubiy Koreya teleseriallarini yashirincha tomosha qilish holatlari ko‘paygan. Biroq jazolarning aksariyati adolatsiz ekani aytilmoqda. Boy va mansabdor shaxslar pora berish orqali jazodan qutulsa, kambag‘al oila vakillari eng og‘ir jazolarga tortiladi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab fuqarolar uylariga reydlar uyushtirilishi va o‘zboshimchalik bilan hibsga olinish xavfi ostida yashaydi. Ayrim qochqinlar bolalik chog‘ida “mafkuraviy tarbiya” bahonasida ommaviy qatllarni tomosha qilishga majbur qilinganini aytishgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreyada jazolash uslubi o‘zboshimchalikka asoslangan bo‘lib, qonunlar, asosan, fuqarolarni qo‘rqitish vositasi sifatida ishlatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya rahbari bosh vazir o‘rinbosarini echki bilan taqqoslab ishdan haydagani haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing