KXDRda 80 yil ichida birinchi marta saylovda qarshi ovoz berildi

Olam

image

Joriy yilning 28 noyabr kuni Shimoliy Koreya OAVlari mahalliy (viloyat, tuman, shahar va tuman) xalq yig‘inlari deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha Markaziy saylov qo‘mitasi ma’lumotlarini tarqatdi. 

Unga ko‘ra, saylovchilarning 99,87 foizi deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlar uchun ovoz bergan. 

Qayd etish joizki, KXDRda saylov muqobil emas, saylov byulletenida faqat bitta nomzod ko‘rsatiladi. Saylov uchastkalarida ikkita saylov qutisi o‘rnatiladi: biri yoqlab ovoz berish uchun, ikkinchisi qarshi ovoz berish uchun.

Bu galgi saylovda savlovchilarning 0,13 foizi hokimiyat tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarga qarshi ovoz bergan.

Mutaxassislar 80 yil davomida qarshi berilgan ovozlarning birinchi eslatilishini muhim fakt deb hisoblamoqda. 

“Shimoliy Koreya saylovlari ko‘proq demokratik jamiyatni tasvirlash, ayniqsa, Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar bilan solishtirganda, dunyo miqyosida rejimning qonuniyligi va tabiiyligini mustahkamlashga qaratilgan”, deyiladi Kanadaning Osiyo Tinch okeani jamg‘armasi tahlil markazi sharhida.

Ma’lumot uchun, hozirgacha Shimoliy Koreya, ehtimol, milliy va mahalliy saylovlarda nomzodlarni 100% saylovchilar qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar bergan dunyodagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing