KXDR Janubiy Koreya bilan chegarani portlatmoqchi – Seul
Olam
−
14 Oktabr
5816Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegara bo‘ylab o‘tadigan yo‘llarni portlatishga tayyorlanmoqda. Bu voqea dronlar bilan bog‘liq mojaro fonida yuz bermoqda, chunki Shimoliy Koreya Janubni poytaxt Pxenyan ustidan dronlar uchirishda ayblamoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Shimoliy Koreya qo‘shinlari g‘arbiy va sharqiy qirg‘oqlar yaqinidagi chegara tomonidagi yo‘llarda ishlagan. Janubiy Koreya harbiylarining bayonotiga ko‘ra, mazkur amaliyot yo‘llarni portlatishga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin va bu hatto bugun, 14 oktyabr kuni sodir bo‘lishi ehtimoli bor.
Avvalroq KXDR Janubiy Koreyani Pxenyanga qarshi katta miqdorda anti-Shimoliy Koreya varaqlarini tarqatgan dronlarni yuborishda ayblab, bu harakatni harbiy provokatsiya deb atagan edi.
Janubiy Koreya qo‘shma shtablari matbuot kotibi Li Song-Jun bugun, 14 oktyabr kuni Janubiy Koreya harbiylari yoki fuqarolari dronlar uchirgani haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya Shimoliy Koreya ayblovlariga javob berishdan bosh tortishi Pxenyanning o‘z provokatsiyalari uchun bahona yaratish taktikasidan chetda qolish uchun.
Shimoliy Koreya, shuningdek, agar Janubiy Koreya dronlari yana Pxenyan osmonida uchirilsa, “qo‘rqinchli falokat” yuz berishi haqida ogohlantirgan.
Ma’lumot uchun, KXDR va Janubiy Koreya texnik jihatdan hali ham urush holatida. Ular o‘rtasidagi 1950-53 yillardagi Koreya urushi sulh bilan yakunlangan, lekin tinchlik shartnomasi imzolanmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada KXDR armiyasi Janubiy Koreya bilan bog‘langan avtomobil va temiryo‘llarni butunlay to‘sib qo‘yishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi