KXDR Yapon dengizi tomon yana raketa uchirdi 

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bugun, 11 yanvar kuni Yapon dengizi tomon taxminlarga ko‘ra, ballistik raketa uchirgan. Bu haqda Yaponiya Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, uchirilgan raketa allaqachon qulagan, biroq qulashning aniq joyi hozircha noma’lum. Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati u joy topilsa, raketaning siniqlari yonidan uzoqroq turishga chaqirmoqda. 

Yaponiya Bosh vazirining idorasida Pxenyanning navbatdagi uchirishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha tezkor shtab ish boshlagan. O‘z navbatida, mamlakat Mudofaa vazirligi ham ma’lumot yig‘moqda. 

Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi ham avvalroq Yaponiya dengizi tomon noma’lum raketa uchirilgani haqida xabar bergan. Ta’kidlanishicha, harbiylar hozirda ballistik raketa ekanligi taxmin qilinayotgan raketaning masofasi va balandligini tahlil qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, KXDR 5 yanvar kuni gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

raketa KXDR

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing