KXDR AQSHga yetib boradigan yangi raketani sinovdan o‘tkazdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari uzoq masofaga uchuvchi yangi qanotli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib xabar berilgan.

“Raketa qismlari, dvigatellari, turli parvoz, boshqaruv va yo‘l-yo‘riqli tizimlarning sinovlari, o‘q-dorilarning sinovlari va boshqalar muvaffaqiyatli o‘tdi", deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, katta ahamiyatga ega strategik qurol bo‘lgan raketani ishlab chiqish so‘nggi ikki yil ichida amalga oshirilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar KXDR hududi va hududiy suvlari ustidan trayektoriyalar bo‘ylab 7580 soniya davomida uchib o‘tgan va 1500 kilometr masofadagi nishonlarni urgan. 

Qayd etilishicha, yangi raketaning texnik tavsiflari loyiha talablariga javob beradi.

Ma’lumot o‘rnida, uzoq masofaga uchuvchi qit’alararo ballistik raketa 5500 kilometrdan kam bo‘lmagan nishonni ko‘zlaydi. Ushbu toifadagi raketalar yadro o‘qlari bilan jihozlangan va uzoq masofalarda joylashgan strategik muhim dushman nishonlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

raketa KXDR

Baholaganlar

592

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing