KXDR Tashqi ishlar vaziri Rossiyaga boradi
Olam
−
16 Sentabr
4289Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Soy Son Xi Yevrosiyo ayollar forumi hamda BRICS sammitida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Rossiyaning KXDRdagi elchixonasi ma’lum qildi.
“Xalq Respublikasi Tashqi siyosat idorasi rahbari Sankt-Peterburgga boradi va u yerda 18-20 sentyabr kunlari to‘rtinchi Yevrosiyo ayollar forumi va BRICS sammitida ishtirok etadi”, deyiladi elchixona xabarida.
Qayd etilishicha, KXDR delegatsiyasi Sankt-Peterburgning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida keng madaniy dastur tashkil qilinadi. Safar bugun, 16 sentyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu bilan uchrashgan edi. Bu uchrashuvlar avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurgan Pxenyandagi Kumsusan davlat qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Shoygu va Kim Chen In mintaqaviy va xalqaro vaziyatga oid keng ko‘lamli masalalarni, shuningdek, KXDR va Rossiya o‘rtasida xavfsizlik sohasida o‘zaro manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qilgan.
LiveBarchasi