KXDR Sharqiy dengiz tomonga snaryad uchirdi
Olam
−
17:30 1261 1 daqiqa
Bugun, 27 yanvar kuni Shimoliy Koreya Sharqiy dengiz tomonga kamida bitta snaryad uchirgan. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pxenyan bundan avval oxirgi marta joriy yilning 4 yanvar kuni Sharqiy dengiz tomon ballistik raketalar uchirgan. O‘sha paytda Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon Xitoy Xalq Respublikai Si Szinpin bilan sammit muzokaralarida qatnashish uchun Pekinga yo‘l olgan bo‘lgan.
Hozircha ushbu galgi snaryad uchirilishining aniq sabablari ma’lum emas. Janubiy Koreya harbiylari vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgani hamda ehtimoliy xavflarga qarshi tayyor holatda ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya rasmiylari Shimoliy Koreya havo hududini buzganlikda gumon qilinayotgan dronlar yuzasidan tergov boshlagandi. Tekshiruvda ushbu uchuvchisiz apparatlar harbiylar emas, balki tinch aholi tomonidan boshqarilgan bo‘lishi mumkinligi o‘rganilgan.
Live
Barchasi