KXDR Rossiyaga qo‘shimcha kuch yuborishga tayyorlanmoqda

Olam

image

Shimoliy Koreya Ukraina bilan urushda qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari bosh shtabiga (JCS) tayanib, “Yonhap” xabar berdi. 

JCS ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning dastlabki 11 ming askardan iborat guruhi taxminan to‘rt oy avval Rossiyaga yetib borgan, biroq janglarda yo‘qotishlar oqibatida ularning uchdan bir qismi safdan chiqqan. Shu bilan birga, bir necha askarlar asirga tushgan. Shimoliy Koreya bu yo‘qotishlarga qaramay, Rossiyaga qo‘shimcha kuchlar yuborish rejasini faollashtirgan.

“The New York Times” nashrining AQSH Mudofaa vazirligidagi manbasiga ko‘ra, Shimoliy Koreya yaqin ikki oy ichida Rossiyaga yangi qo‘shimcha kuch yuboradi. Ammo askarlar soni haqida aniq ma’lumot berilmagan. Oldinroq Rossiya Shimoliy Koreya harbiylariga har bir askari uchun 2 ming dollar miqdorida pul to‘layotgani, bu esa Shimoliy Koreyada bir askarning yillik o‘rtacha maoshidan 83 barobar ko‘p ekani aytilgandi.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya Rossiyaga faqatgina harbiy kuchlar bilan emas, balki o‘q-dorilar, gaubitsalar, ballistik raketalar va boshqa qurol-yarog‘lar bilan ham yordam bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari joriy yilning 9 may kuni Moskvada SSSRning fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya KXDR harbiy kuch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing