Kiyevda Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha sammit bo‘ladi
Olam
−
28 yanvar 2023
4380Avval xabar berganimizdek, Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha sammitga mezbonlik qilishni reja qilayotgan edi.
Mazkur sammit joriy yilning 3 fevralida Kiyevda bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda Yevroparlament ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 3 fevral kuni Kiyevda 24 Yevropa Ittifoqi-Ukraina sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa yetakchilari Ukrainaning Rossiya tajovuziga qarshilik ko‘rsatishini moliyaviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, Yevroparlament deputatlari Yevropa Ittifoqi-Ukraina sammitidan bir hafta o‘tib, 9-10 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Maxsus Yevropa Kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi uchun takliflar tayyorlaydi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen esa sammitdan Ukraina foyda olishini, u Yevropa qadriyatlarini himoya qilish uchun Rossiya hujumlaridan ustun turishi kerakligini aytdi.
“Ukraina umumiy qadriyatlarimiz uchun kurashmoqda, xalqaro huquq va demokratiya tamoyillari hurmati uchun kurashmoqda va shuning uchun Ukraina bu urushda g‘alaba qozonishi kerak”, dedi u.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi