Ukrainada Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha sammit o‘tkaziladi
Olam
−
25 yanvar 2023
4789Ukrainada Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasi bo‘yicha sammit o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak “Forbes Ukraine” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz Ukrainada sanksiyalar bo‘yicha sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Uning maqsadi hozirgacha qilingan ishlarni ko‘rib chiqish va kuchli sanksiyalar rejasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi“, dedi Yermak intervyuda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi hozirgacha kiritilgan cheklovlar yetarli emas. Shuning uchun Rossiya Federatsiyasiga qarshi keyingi qadamlar viza zonasiga tegishli bo‘lishi kerak. Xususan, u rossiyalik harbiylar va ularning oila a’zolarining boshqa mamlakatlarga kirishini taqiqlashga umid qilmoqda. Shuningdek, rasmiy Kiyev Rossiya banklariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga hamda IT sohasi va energetika kompleksiga cheklovlar kiritishga e’tibor qaratishni reja qilmoqda.
Shuningdek, Yermak AQSHning Moskvadagi sobiq elchisi Maykl Makfol bilan aloqada ekanligini, u bilan birga Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun tuzilgan ekspert guruhiga rahbarlik qilayotganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur ekspertlar guruhi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tashabbusi bilan tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibiga 50 dan ortiq ekspertlar kiradi. Guruh vaqti-vaqti bilan Rossiya arboblari va kompaniyalari ro‘yxatini e’lon qiladi. Ro‘yxatga kiritilganlarga esa G‘arb mamlakatlari tomonidan cheklov choralari joriy etiladi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi