Kiyevda kuchli yomg‘ir sabab ikkita metro stansiyasini suv bosdi (video)

Olam

image

Ukraina poytaxti Kiyevda ikkita metro stansiyasini suv bosdi. Shuningdek, shaharning ko‘plab hududlari suv ostida qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda

Bugun, 19 iyul kuni Kiyevda ob-havoning yomonligi sabab vestibyulga suv kirib ikkita – Berestreyskaya va Akedemgorodok metro stansiyalarida kirish va chiqish yo‘llari berkilib qolgan. Qolaversa, shaharning ko‘plab hududlari ham suv ostida qolgan. Sinoptiklarning so‘zlariga ko‘ra, yog‘ingarchilik kun oxiriga qadar davom etadi. 

Qayd etilishicha, ayni paytda yer usti transportlari jadvalga rioya qilmagan holatda ishlamoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Akademgorodok metro stansiyasining 1-sonli kirish va chiqish zali avvaliga berkilgan. Keyinchalik esa stansiya odatdagidek ishini tiklagan. 

Xabarga ko‘ra, Berestreyskaya metro stansiyasi butkul yopilgan. Metro stansiyasi ochilishi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaning ko‘plab davlatlarida, jumladan, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya, Niderlandiya kabi davlatlarda kuchli yomg‘irlar oqibatida toshqinlari yuzaga kelyapti. Shuningdek, Fransiya va Britaniya davlatlarida tinimsiz yomg‘ir yog‘yapti. hozirgacha birgina Germaniyada toshqinlar natijasida 160 dan ortiq odam halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Kiev toshqin

Baholaganlar

53

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing