Kiyevda bankni portlatish bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlik qamalmay qoldi
3-sahifa
−
09 dekabr 2020
11209Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston fuqarosi Suhrob Karimov Kiyevda joylashgan “Leonardo” biznes markazidagi bank filialini portlatish bilan tahdid qilgan. Shundan so‘ng u huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining sa’y-harakati bilan hibsga olingan.
Kiyev Prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Pechersk sudining qarori bilan Karimov davolanish uchun tibbiy muassasaga yuborilgan. Unda ruhiy muammolar borligi aniqlangan. Shifokorlar fuqaro o‘zi bilmagan holda jinoyat sodir etgan deb hisoblamoqda.
“Sud qaroriga binoan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qattiq nazorat ostida psixiatriya yordami ko‘rsatiladigan muassasaga joylashtirish bilan almashtirildi”, deyilgan sud qarorida.
Ekspertiza natijalari shuni ko‘rsatganki, hozirgi paytda gumonlanuvchining holati unga o‘z harakatlarini tushunishga va ularni boshqarishga imkon bermaydi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 3 avgustida 32 yoshli Karimov Kiyev markazidagi “Leonardo” biznes markazida joylashgan Universal Bank filialiga kirib, uning ikkita sumkasida portlovchi moddalar borligini aytgan. U barcha xodimlarning ketishiga ruxsat bergan, bo‘lim boshlig‘i esa bosqinchi bilan qolishga rozi bo‘lgan.
Matbuot xodimlari niqobi ostida Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari bo‘limga kirishgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Karimovda hech qanday portlovchi moddalar bo‘lmagan. Uch soatdan so‘ng Karimov hibsga olingan.
Ukraina Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashenko Karimovda ruhiy kasallik - oligofreniya borligini aytgan.
LiveBarchasi