Ukrainada o‘zbekistonlik erkak bankni portlatib yuborishga urindi
Olam
−
03 avgust 2020 15723 1 daqiqa
Ukraina poytaxti Kiyevda O‘zbekiston fuqarosi savdo markazidagi bank filialini portlatib yuborishga urindi. Bu haqda Ukraina IIV xabar berdi.
O‘zini Suxrob Karimov deb tanishtirgan 35 yoshlardagi shaxs qo‘lida “Leonardo” savdo markazidagi “Universal bank”ga sumka bilan kelib, unda bomba borligini aytgan va OAVda jonli efirga chiqishni taklif qilgan.
Bank xodimlari qochib ketishgan faqatgina bo‘lim rahbari garovda qolgan.
Politsiya dastlab u bilan muzokara olib borgan. Keyinroq Ukraina maxsus xizmati bankni portlatish bilan tahdid qilgan shaxsni qo‘lga olgan. Garovdagi bank xodimlari qutqarilgan.
Live
Barchasi