Kiyev Rossiyaning ballistik raketalari hujumiga uchradi (video)
Olam
−
11 iyul 8368 1 daqiqa
Rossiya bugun, 11 iyul kuni ertalab Ukraina poytaxti Kiyevga ballistik raketalar bilan hujum qildi. Bu haqda mahalliy rasmiylar ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda havo trevogasi e’lon qilinishidan avval bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘lgan.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyatining Telegram orqali ma’lum qilishicha, hujum oqibatida shaharning bir tumanidagi turar joy bo‘lmagan bino shikastlangan. Yana bir tumanda tutun ko‘tarilgan, shuningdek, zarba natijasida ofis binolaridan biriga o‘t ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning mazkur amalga oshirgan raketa hujumi Kiyevga so‘nggi bir hafta ichida qilingan to‘rtinchi ballistik raketa hujumi bo‘ldi. Bundan avval, Rossiya 6 iyul kuni Kiyev viloyatidagi Vishneve shahrida joylashgan o‘q-dori omboriga ballistik raketa bilan zarba bergan edi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy keyinroq ushbu ombor nishonga olinganini tasdiqlagan va hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘lganini aytgandi..
Shundan so‘ng hafta davomida Kiyev yana ikki marta ballistik raketa hujumiga uchradi. Ukraina rasmiylari 8 iyul kungi zarbani poytaxtga bir haftadan kam vaqt ichidagi uchinchi ballistik hujum sifatida baholagan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust