Kiyev Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirishdan manfaatdor

Olam

image

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ukrainalik mavqedoshi Andrey Sibiga bilan BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchrashdi. Bu haqda Sibiga X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat juda mazmunli o‘tgan.

Andrey Sibiga tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va muloqotni rivojlantirish masalalarini muhokama qilganini qayd etdi. 

“Biz savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratmoqdamiz. Ukraina Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor”, deydi vazir Sibiga.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi saytida Jeenbek Kuluboyevning ukrainalik mavqedoshi bilan uchrashuvi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Oliy Rada Ukraina Tashqi ishlar vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Andrey Sibiganing yangi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlanishini ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Ukraina Markaziy Osiyo Jeenbek Kulubaev Andrey Sibiga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing