Kiyev Germaniyadan 1,7 mlrd yevrolik gaubitsalar sotib olyapti

Olam

image

Germaniya hukumati Ukrainaga 100 ta “Panzerhaubitze 2000” o‘ziyurar gaubitsalarini sotishni ma’qulladi. Bu haqda “Spiegel” nashri xabar berdi.

Ushbu gaubitsalar Germaniyaning “Krauss-Maffei Wegmann (KMW)” xususiy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Aprel oyida Kiyev KMW’ga “Panzerhaubitze 2000” sotib olish taklifi bilan murojaat qilgan. Shu sabab Germaniya rasmiylari kelishuvni ma’qullagan.

Ruxsat olingani haqidagi ma’lumotni KMW vakili tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 11 iyul kuni Germaniya rasmiylariga tegishli ariza bilan murojaat qilgan va ikki kundan keyin rozilik olgan.

Bitim Ukrainaga 1,7 milliard yevroga tushadigan 100 dona o‘ziyurar gaubitsa ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. “Spiegel” ma’lumotlariga ko‘ra, bu miqdor avvalgi yetkazib berishdan bir necha barobar ko‘pdir, ular taxminan 600 million yevroga baholangan.

KMW zudlik bilan gaubitsalarni ishlab chiqarishni boshlaydi, biroq Ukrainaga birinchi qurollar qachon kelishi hozircha aniq emas. Barcha gaubitsalarni ishlab chiqarish uchun esa bir necha yil kerak bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, KMW 1998 yilda “Panzerhaubitze 2000” o‘ziyurar qurolini ishlab chiqdi. U 155 mm gaubitsa bilan jihozlangan. “Panzerhaubitze 2000”ning o‘q-dorilar yuki 60 ta patron va 228 modulli yoqilg‘i zaryadini tashkil etadi va gaubitsaning otish masofasi 30-40 km. “Pzh 2000” daqiqasiga o‘ntagacha o‘q uzishi mumkin va u dunyodagi eng ilg‘or gaubitsalardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing