Kiyev G‘azodagi vaziyat tufayli yangi ittifoqchilarni jalb qila olmayapti – WSJ
Olam
−
09 noyabr 2023
6017G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli Ukraina dunyo e’tiboridan chetda qolib ketmoqda. Bu haqda g‘arb diplomatlariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukrainaning betaraf davlatlarni o‘z tomoniga jalb qilish va xalqaro yordamni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlari Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayib borayotgani tufayli hech qanday natija bermayapti. Kiyev rasmiylari bunday uchrashuvni shu yil oxirigacha o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq yuqorida ta’kidlaganidek, buning ehtimoli juda past.
Nashrga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosi AQSH, G‘arb davlatlari va ba’zi yetakchi arab davlatlari o‘rtasida yangi kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi va bu Kiyevning ularni Ukrainadagi tinchlik muhokamasiga jalb etish umidiga ham ta’sir qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Yaqin Sharqdagi mojaro dunyo e’tiborini Ukrainadan boshqa tomonga burib yuborganini tasdiqlagan edi.
LiveBarchasi