Kiyev dronlari Rossiya harbiy zavodiga hujum qildi

Olam

image

Ukraina dronlari Kalugadagi “Tayfun” harbiy-sanoat zavodiga hujum qildi. Bu haqda bugun, 25 noyabr kuni ertalab Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko ma’lum qildi.

“Kalugada Rossiya harbiy-sanoat majmuasiga kiruvchi “Tayfun” zavodiga ham hujum qilindi”, deb yozgan Kovalenko o‘zining Telegram sahifasida.

Ayni paytda, bu ma’lumot elon qilingani bilan rasmiy tasdiqlanmagan.

Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapshaga ko‘ra, viloyat chekkasida Havo hujumidan mudofaa kuchlari 3 ta dronni yo‘q qilgan.

“Sanoat korxonasi hududiga uchuvchisiz uchuvchi apparatlarning qoldiqlari tushgan joyda yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishlamoqda”, deya yozgan u.

“Flotprom” ma’lumotiga ko‘ra ,“Tayfun” zavodi turli xildagi kemalarni jihozlash uchun yuzlab murakkab radio tizimlarini ishlab chiqargan. Rossiya harbiy-sanoat majmuasining yetakchi korxonalaridan biri. Zavod boshqa narsalar qatorida, kemada harakatlanuvchi kemaga qarshi raketa tizimlari, shu bilan birga, raketa va artilleriya tizimlari, kema uskunalari uchun ikkilamchi quvvat manbalarini ishlab chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan hujumi davomida Estoniyaning Ukrainadagi elchisi Anneli Kolk yashaydigan uyga dron borib urilgandi. Estoniya Tashqi ishlar vaziri Margus Saxknaning so‘zlariga ko‘ra, ertalab sodir bo‘lgan hujum paytida dron uyning yuqori qavatiga kelib urilgan. Hodisa oqibatida hech kim, Kolkning o‘zi ham jarohat olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina dronlar “Tayfun” harbiy-sanoat zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing