Kitobda fuqaro 3-4 kishi tomonidan kaltaklangani aytildi. BP holatga izoh berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida fuqaroni 3-4 kishi vahshiylarcha kaltaklab, qo‘l va oyoqlari bog‘lab adirlikka tashlab ketishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa qarindoshlar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotga ko‘ra, mazkur voqea joriy yilning 24 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Panji” MFYda sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni soat 17:00 lar atrofida fuqaro X.G‘. qaynog‘asi S.B.ni “Qo‘ylarimga ukol qilishga yordam berasan”, deb uyidan olib ketgan va o‘zi rahbarlik qilayotgan “Quvvatova Dilnoz” fermer xo‘jaligining dala maydoniga olib borgan. U yerda qo‘ylarga ukol qilib bo‘lishgach, birga o‘tirib, spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. Ulfatchilik davomida fuqaro S.B. hech bir sababsiz X.G‘.ning duch kelgan joyiga urib, tepib tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. 

Fuqaro X.G‘. hushiga kelganidan so‘ng uni kaltaklagan S.B. qaytib kelganini ko‘rgach, o‘sha yerda turgan belkurak bilan qaynog‘asini kaltaklagan. Eplay olmaginidan so‘ng esa yotib qolgan S.B.ning ikkala qo‘lini bog‘lagan va uning ukasi S.D.ni chaqirib, uyiga berib yuborgan. 

X.G‘. tomonidan belkurak bilan kaltaklangan fuqaro S.B. esa og‘ir tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Tuman tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro S.B.da bosh miya chayqalishi, ensa sohasida ezilib yirtilgan joylar borligi, burun suyagining yopiq sinishi, o‘ng tomondan 5-6 qovurg‘alarining o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘yicha sinishi, aralash shokning 2-3-darajasi kabi tan jarohatlari aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing