Kitob o‘qigan mahbuslarning qamoq muddati qisqarishi kutilyapti
Olam
−
13 iyul 2023
8023Ukraina Xalq deputatlari mahbuslarning kitob o‘qishi evaziga qamoqda qolish muddatini qisqarishni rejalashtiryapti. Bu haqda “Focus” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahbuslarga tanlov imkoniyati berilmaydi. Ular faqatgina mamlakat adliya vazirligi tomonidan ukrain tilida elektron yoki bosma shaklda tasdiqlangan kitoblarni o‘qiy oladi. O‘qilgan har bir kitob vaqtni 3 kunga qisqartiradi. Hisobga olinadigan o‘qilgan kitoblarning maksimal soni 10 tani tashkil qiladi. Shuningdek, adabiyot haqiqatan ham o‘zlashtirilganligini isbotlash uchun test imtihonidan o‘tish kerak bo‘ladi. Koloniya ma’muriyati har bir mahkum uchun o‘qilgan kitoblar soni haqida ma’lumot beradi.
Umumiy hisobda, bir yil oldin ozod bo‘lish uchun mahkum 12 yilni kitob o‘qib o‘tkazishi kerak. Xalq deputatlari bu mahkumlar uchun ajoyib turtki bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.
LiveBarchasi