Kisida O‘zbekistonga kelyapti
Olam
−
05 avgust
7336Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Kisida 9-12 avgust kunlari O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan. Bosh vazir Qozog‘istonda Markaziy Osiyoning besh mamlakati yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazadi va mintaqaga iqtisodiy yordam paketini e’lon qiladi.
Iqtisodiy paket savdo yo‘lini o‘rnatish, karbonsizlanish va odamlar o‘rtasidagi almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan. Bu Qozog‘istondagi olti tomonlama sammitdan so‘ng e’lon qilinadigan qo‘shma bayonotning bir qismi bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Yaponiya oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2022 yil dekabr oyi boshida Tokioda mintaqa davlatlarining hokimiyat va biznes vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo investitsiya forumi (Central Asia Investment Forum 2022) bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Markaziy Osiyoga kelishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi