Kisida Markaziy Osiyoga keladi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida avgust oyida Qozog‘istonga keladi. Bu haqda “Nippon” xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yoshimasa Xayashi bugun, 26 iyun kuni Bosh vazir Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari ishtirokidagi sammitda ishtirok etishini aytdi.

“Qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro tartibni saqlash va mustahkamlash uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik hozir har qachongidan ham muhimroqdir”, deydi Xayashi.

Ma’lumot uchun, Yaponiya oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2022 yil dekabr oyi boshida Tokioda mintaqa davlatlarining hokimiyat va biznes vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo investitsiya forumi (Central Asia Investment Forum 2022) bo‘lib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vazir Fumio Kisida bilan uchrashgan va joriy yilda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo-Yaponiya” cammiti munosabati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yaqindan ishlash haqida kelishib olgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Yaponiya Markaziy Osiyo Fumio Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing