Kishinyovdagi Rossiya elchixonasiga mashinada bostirib kirildi
Olam
−
02 avgust 2023 6794 1 daqiqa
Bugun, 2 avgust kuni noma’lum shaxs Rossiyaning Kishinyovdagi elchixonasi darvozasiga Mercedes-Benz avtomobilida qasddan borib urildi. Bu haqda Moldova politsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qochishga uringan haydovchi yo‘l-yo‘lakay ikki mashinaga ham zarar yetkazgan va Strasheni shahriga (Kishinyovdan 23 km. shimoli-g‘arbda joylashgan) ketayotganida qo‘lga olingan.
“Hozirda unga nisbatan zarur protsessual harakatlar o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, bu Rossiyaning Moldovadagi elchixonasiga qilingan birinchi hujum emas. 2022 yilning oktyabr oyida noma’lum shaxslar elchixona devoriga haqoratli so‘zlar yozib, binoga kirishga harakat qilgan. Bundan tashqari, bino petardalar otilishidan zarar ko‘rgan. Bu voqeadan hech kim jabrlanmagan.
Rossiya hodisani “dushmanlik nayrangi” deb atadi. 5 avgustdan boshlab Rossiyaning Kishinyovdagi elchixonasi konsullik bo‘limi Moldova hukumatining diplomatlar sonini qisqartirish qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, diplomatik missiyaning 70 nafar xodimidan 45 nafari mamlakatni tark etib, 25 nafar diplomat va texnik xodim o‘z ishida qoladi. Kishinyovliklarning fikricha, ayrim xodimlar mamlakatdagi vaziyatning beqarorlashuviga aloqador bo‘lishi mumkin.
Mohichehra Latipova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025