Kirish-chiqish yo‘q. Chet elda operatsiya qilinishi kerak bo‘lgan bemorlar nima qiladi?
Jamiyat
−
22 mart 2020
10149Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston barcha davlatlar bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Shu sabab xorijga borish va u yerdan kelish taqiqlanadi. Ana shunday holatda og‘ir bemorni operatsiya qilish uchun chet elga olib chiqishga to‘g‘ri kelsa qanday yo‘l tutiladi?
“Bugungi kunda xalqaro aviareyslar to‘xtatilgan. Boshqa davlatlarda ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda. Ya’ni, ular ham o‘zlariga chet el fuqarolarini kiritmayapti. Ushbu choralar belgilangan kelishuvlar asosida olib borilmoqda.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha davolash muassasalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Mutaxassislarimiz ham yetarlicha bilim va malakaga ega. Shu sababdan ham o‘zimizda davolanishni tavsiya etamiz”, dedi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov.
Ma’lumot o‘rnida, 22 mart kungi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor