Kiprning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
24 aprel
2118Bugun, 24 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kiprning mamlakatdagi elchisi etib tayinlangan Kipros Yorgallicni qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
"Kiprning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Kipros Yorgallic janoblari bilan uchrashib, ishonch yorliqlarini qabul qildik", deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Kipr Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam muloqot tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Tolibon" hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini tayinlagandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi