“Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
22 Aprel 2024 10929 1 daqiqa
"Tolibon" hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi. Bu haqda "Tasnim" axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Abdul G‘affor Bahr oldinroq "Tolibon"ning Toshkentdagi elchisi etib tayinlangan Mug‘furulloh Shahobning o‘rnini egallagan.
"U Qandahordan bo‘lib, "Tolibon" muvaqqat hukumatining Oliy sudida tekshiruv va tadqiqot bo‘limi direktori bo‘lib ishlagan", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mug‘furulloh Shahob Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Toshkentdagi elchisi vazifasiga kirishgandi. U “Tolibon” tog‘-kon vazirining o‘g‘li ekani aytilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr