Kimning ulkan kemasi qulagani uchun amaldorlar hibsga olindi

Olam

image

Shimoliy Koreyada Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining mudofaa sanoati bo‘limi rahbar o‘rinbosari Ri Xyon Son hibsga olindi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, u juda katta ko‘lamdagi hodisaga aybdor deb topilgan.

Qolaversa, Chxonchjin kemasozlik zavodining uch nafar xodimi ham hibsga olingan. Ular orasida bosh muhandis Kan Chon Chor, korpus yig‘ish sexi boshlig‘i Xan Gyon Xak hamda ma’muriy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Kim Yon Xak bor.

Ri Xyon Son esa mazkur voqea munosabati bilan hibsga olingan eng yuqori lavozimli amaldor bo‘lgan.

Britaniya teleradiokompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, amaldor KXDR harbiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, ag‘darilib ketgan esminets – KXDRning eng yirik harbiy kemalaridan biri bo‘lib, 5 ming tonnalik suv siqib chiqarish quvvatiga va o‘nlab raketalarni olib yurish hamda\ uchirish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea joriy yilning 21 may kuni Shimoliy Koreyaning Chongjin portida bo‘lib o‘tgan suvga tushirish marosimi chog‘ida sodir bo‘lgandi. Yangi qurilgan 5 ming tonnalik esminets muvozanatini yo‘qotgan va kema pastki qismidan shikastlangan. Ushbu holat marosimda qatnashgan mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning g‘azabiga sabab bo‘lgan. U hodisaning barcha jarayonlarini kuzatgan va jiddiy baho bergan. Kim Chen In harbiy rasmiylar, olimlar va kemani quruvchi zavod ishchilarini mutlaq beparvolik va mas’uliyatsizlik tufayli yuzaga kelgan jiddiy falokat va jinoyatda ayblab, iyun oxirida bo‘lib o‘tadigan partiya yig‘ilishida ularning “mas’uliyatsiz xatolarini” muhokama qilishni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya esminets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing