Kimligingni unutma! Mane o‘z qishlog‘idagi loyli maydonda futbol o‘ynadi
Sport
−
16 iyun 2022
10885Senegal milliy terma jamoasi va “Liverpul” klubi hujumchisi Sadio Mane tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i Bambaliga bordi va loy maydonda o‘tgan o‘yinda ishtirok etdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, loyli maydonda o‘tgan futbol uchrashuvida Manedan tashqari, “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Al-Haji Diuf, “Nyukasl” sobiq hujumchisi Papiss Sisse, Sadioning terma jamoadagi safdoshi Mbaye Dian va Benin termasi forvardi Dezire Segbe-Azankpo kabi nomdor sportchilar ishtirok etgan.
Qayd etish joizki, Manening bu tashrifi sodda va nisbatan kambag‘likda hayot kechiruvchi Bambali qishlogi odamlarini nihoyatda xursand qildi.
Avvalroq, Manening agenti mijozining “Liverpul”ni tark etib, “Bavariya”ga o‘tishini ma’lum qilgan edi. Bunda oldin, senegalliklarning 70 foizga yaqini Sadioning “qizillar” safini tark etishini istashi ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Mane 2016 yilda "Sautgempton"dan 41,2 million yevro evaziga “Liverpul” futbolchisiga aylangandi. Senegallik hujumchi o‘shandan beri “qizillar” safida 269 o‘yinda maydonga tushib, 120 ta gol urdi va 48 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sadioning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi